Slot: "Gakpo kutilganidan ertaroq qaytishi mumkin, ammo ertaga emas"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasida 'Tottenxem"ga qarshi safar o‘yini oldidan jamoadagi jarohatlangan futbolchilarning holati haqida ma’lumot berdi.
— Gakponing tekshiruv natijalari ijobiy ko‘rinishda. Shuning uchun unga nisbatan xavotirimiz kamaydi. U kutilganidan ertaroq safga qaytishi mumkin, lekin aniq aytaman — ertaga emas. Jo Gomes ham ertagi o‘yinda ishtirok etmaydi. Dominik Soboslai kecha ilk bor mashg‘ulotda qatnashdi. Uning holatini kuzatamiz, — dedi Slot matbuot anjumanida.
Ma’lumot o‘rnida, "Tottenxem" — "Liverpul" uchrashuvi 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi.
Fikrlar