
Sobiq chempion 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Boks bo‘yicha 54 kg vazn toifasida rossiyalik sobiq chempion Anastasiya Kirienkoning ishi Sport arbitraj sudi (CAS) tomonidan ko‘rib chiqilgach, sportchi to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda CAS matbuot xizmati xabar berdi.
2023 yil Rossiya antidoping agentligi Anastasiyani hujjatlarni soxtalashtirgani uchun ikki yilga diskvalifikatsiya qilgan. Biroq masala Butunjahon antidoping agentligiga etib borganidan so‘ng, ular vaziyatni o‘rganib chiqib, bu jazoni etarli emas deb hisobladi va Kirienkoga 2027 yil 2 martiga qadar ringga qaytishni taqiqladi.
Eslatib o‘tamiz, Anastasiya Krasnodarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi Rossiya chempionatida g‘olib chiqqan..
Fikrlar