Sobiq chempion UFC dan ketishini tasdiqladi

  • 2 iyul, 2024, 17:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Andrey Orlovskiyning aytishicha, Martin Budayga qarshi bahs uning UFC dagi so‘nggi jangi bo‘lgan.

Tecno

"Salom, hammaga. Men to‘g‘ri yo‘l tutdim, deb o‘ylayman. UFC dagi 24 yillik faoliyatim mantiqiy yakuniga etdi, ammo bu mening MMA kareramning bir qismi, xolos. Hali hammasi oldinda, hozir oilam bilan ta’tildaman, keyinroq ajoyib yangilik bilan qaytaman!", - deb yozdi Orlovskiy Instagram da.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan dam olish kunlari AQSh ning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan "UFC 303" turnirida Orlovskiy ochkolar evaziga Budayga mag‘lub bo‘lgan edi. Bu mag‘lubiyat 45 yoshli belaruslik uchun ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!