Sobiq jahon chempioni Amir Xon prezident bo‘ldi

  • 19 sentabr, 2020, 18:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBC boshqaruv kengashi, tashkilotning o‘rta sharq mintaqaviy federatsiyasi tashkil etilganligi va unga sobiq ikki karra jahon chempioni Amir Xon prezident, janob Taz Xan vitse-prezident etib tayinlanganini e’lon qildi.

Tecno

"Ishonchim komilki, Amir Xon boshchiligida madaniy jihatdan xilma-xil bo‘lgan, o‘rta sharq mintaqasida sportimizning munosib rivojlanishi uchun noyob maydon yaratiladi va kelajakda WBC chempionlarini tarbiyalab beradi. Mazkur hududlarda iste’dodlar juda ko‘p. Shuning uchun, WBC bu erda ayollar va havaskor boksni ham  rivojlantirishni istaydi. Amir Xon Pokistonda boksni rivojlantirish uchun dastlabki qadamlarni qo‘ygan. WBC va uning boshqaruv kengashi tashkilot rahnamoligida Xonning harakatlarini mintaqa bo‘ylab qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Amir Xon boks olamida va uning tashqarisida ham juda katta nufuzga ega bo‘lgan shaxs sanaladi. Shuning uchun, WBC o‘rta sharq mintaqasi boks federatsiyasining prezidenti lavozimiga Amir Xonni tanladi. Endi u ushbu mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga oladi va bizning qarashlarimizga mos ravishda faoliyat olib boradi. Shuningdek, Taz Xan vitse-prezident sifatida tayinlandi. Taz ham uzoq vaqt davomida boks bilan shug‘ullangan va uning yondashuvi va yutuqlari ham hurmatga sazovordir. O‘ylaymizki, hamkorlikda ushbu mintaqada boks rivojini yuksak cho‘qqilarga olib chiqamiz”, - dedi Butunjahon boks kengashi prezidenti Maurisio Sulaymon o‘z bayonotida.

sharq

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!