
Sobiq jahon chempioni: "Joshuaning ertagi tugadi"
Sobiq jahon chempioni Karl Froching britaniyalik boks yulduzi Entoni Joshua haqida gapirdi.
"Men Entoni boshqa jang qilolmaydi, demayman. Lekin uning avvalgi darajasiga qaytishiga shubham bor. Qaniydi, Joshua hozir ham Tayson Fyurini bemalol jangga chorlasay olsa! Afsuski, Dyubuadan uchralgan mag‘lubiyat barchasini ko‘rsatib qo‘ydi. Joshuaning ertagi tugadi", - dedi Froch.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Londondagi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tgan boks oqshomining asosiy jangida Daniel Dyubua Entonini beshinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar