
Sobirxo‘jaev: Flamarion qizil kartochka olgunga qadar ularda qandaydur vaziyat bo‘lganini eslay olmayman
Superliganing 21-turida "Neftchi" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Paxtakor" yarim himoyachisi Sardor Sobirxo‘jaev jurnalistlar savollariga javob berdi.
Qizil kartochkadan keyin o‘yin qiyin o‘tdi. Ochko bugun zarur edi va biz buni qo‘lga kiritdik.
G‘alabada qaysi jihat muhim omil bo‘ldi?
"Neftchi" qo‘rqib keldi, deb o‘ylayman. Sababi, Flamarion qizil kartochka olgunga qadar ularda qandaydur vaziyat bo‘lganini eslay olmayman. Agar 11 kishi bo‘lganimizda, o‘yin osonroq kechgan bo‘lardi.
Birinchi davradan keyin ularning tarkibida o‘zgarishlar bor edi. Bu qanchalik sezildi?
Tarkibda unaqa katta o‘zgarishlar yo‘q edi. Alisher Odilov va Joel Kojo keldi, qolgan barchasi o‘sha futbolchilar, o‘sha-o‘sha futbol.
Sizni oxirgi marta "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda ko‘rgan edik.
O‘sha bahsdan keyin jarohat olgandim. Davolandim, sekin-sekin tiklanmoqdaman.
Hakamlik borasida nima deya olasiz?
Bu haqida gapirmay qo‘ya qolay. Qo‘yinglar, menga ham jarima solishmasin (kuladi). To‘g‘ri qarorlar bo‘ldi, deb o‘ylayman.
Keyingi o‘yin "Sho‘rtan"ga qarshi. Bu bahs engilroq o‘tadimi?
Yo‘q, ular bilan uchrashuv qiyin o‘tadi. Birinchi davrada ham "Neftchi"ni yutganimizdan keyin qiynalgan edik. Sababi, emotsiyalarni berib bo‘lgandik, lekin 6 kun vaqt bor, tiklanishga ulguramiz.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Paxtakor" 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikkinchi pog‘onadagi "Neftchi" bilan oradagi farq 3 ochkoni tashkil qiladi.
Fikrlar