"Sofia European Open". O'zbekiston terma jamoasi turnirni 3 ta medal bilan yakunladi
Bolgariyaning Sofiya shahri mezbonlik qilgan "Sofia European Open" turniri yakunlandi.
Musobaqaning ikkinchi kuni terma jamoamiz a'zolaridan Laziza Haydarova (-48 kg) kumush, Sita Kadambaeva (-52 kg) esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Birinchi kun bahslarida Marjona Nurulloyeva (-63 kg) bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi nufuzli "Sofia European Open 2026" turnirini 3 ta medal (1 ta kumush, 2 ta bronza) bilan yakunladi. Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar