
Sofiya Gran-prisi. Rafalovich kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi
Bolgariyada taekvondo bo‘yicha Sofiya-2019 gran-prisining uchinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Bundan biroz avval o‘zbekistonlik Nikita Rafalovich 1/8 finalda turkiyalik Yunus Sariga qarshi jang qildi. Musobaqada 1-raqamda saralangan hamyurtimiz kutilmaganda 8:12 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar