
"So‘g‘diyona" tajribali futbolchi bilan tarkibni kuchaytirdi
Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan "So‘g‘diyona" tarkibini tajribali futbolchilar evaziga kuchaytirishda davom etmoqda. Jizzax klubi yarim himoyachi Sanjar Shoahmedov bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Sanjar Shoahmedov 1990 yil 23 sentyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Futbolchi faoliyati davomida AGMK, "Lokomotiv", "Al-Sayliya", "Teranganu", "Qizilqum" jamoalarida to‘p tepgan.
Sanjar Shoahmedov 2022 yil Superligada navoiyliklar tarkibida 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi, bitta gol va 5 ta assist qayd etdi.
Fikrlar