“Soqqa” qilishni “Chelsi”dan o‘rganing

  • 4 iyul, 09:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali so‘nggi o‘n yillikda futbolchilarning chiqish savdolaridan eng ko‘p daromad qilgan Angliya klublari reytingini tuzib chiqdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, daromad qilishda “Chelsi”ga etadigan jamoa topilmadi. “Aristokratlar” o‘n yil ichida 1 milliard 440 million evroga o‘yinchi sotgan.

Qizig‘i shundaki, Angliya Premer-ligasining qudratli klublaridan “Arsenal” o‘yinchilar savdosidan nisbatan kam –  465 million evro daromad olgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, Arsen Venger va Unai Emeri bosh murabbiylik qilgan davrda “kanonirlar”ning moliyaviy siyosati raqobatbardosh bo‘lmagan.

Umumiy reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:

“Chelsi”: 1 milliard 440 million evro

 “Manchester Siti”: 922 million evro

“Liverpul”: 690 million evro

“Everton”: 636 million evro

“Aston Villa”: 622 million evro

“Sautgempton”: 610 million evro

“Lester”: 602 million evro

“Tottenxem”: 576 million evro

“Manchester Yunayted”: 545 million evro

“Vulverxempton”:  531 million evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!