“Soqqa” zo‘r bo‘lsa, Manchesterda qolaman!

  • 05.06.2024 11:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” etakchisi Brunu Fernandesh kelajagi borasida bir qarorga kelishi lozim.

Portugaliyalik yulduzga Evropaning ikki grandi – “Bavariya” va “Barselona”dan jiddiy chorlov bo‘lyapti.

Brununing o‘zi Manchester qolishga rozi va klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

Fernandesh unga har hafta to‘lanayotgan 220 ming funt kamlik qilishini ta’kidlamoqda. U klubda eng katta maosh olayotgan o‘yinchilar qatorida bo‘lishni istayapti.

“Manchester Yunayted”da eng katta maosh olayotgan futbolchilar Markus Reshford, Kazemiro va Jeydon Sancho hisoblanadi. Lekin keyingi yillarda Brunu jamoaga bu uch futbolchidan ko‘ra ko‘proq foyda keltirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!