Sovrinsiz qolgan Harri Keyn terma jamoadan ketadimi?

  • 16 iyul, 2024, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi Evropa chempionatining finalida Ispaniya futbolchilaridan mag‘lubiyatga uchraganidan keyin Harri Keynga kelajagi ko‘pchilikni qiziqtirib qoldi.

30 yoshli hujumchi faoliyati davomida oltinchi finalni boy berdi va hali birorta sovringa ega chiqqani yo‘q.

Angliyaning bugungi kundagi eng zo‘r hujumchisi terma jamoadagi faoliyatini to‘xtatish niyati yo‘qligini bildirdi. Keyn jamoasi qit’a chempionati finalida yutqazganiga qaramay, ikki yildan keyin bo‘ladigan jahon chempionatiga katta umid bilan tayyorlanishga qaror qilgan.

Bir necha manbalarning yozishicha, Harri Keyn 37 yoshida ham xalqaro miqyosda katta yutuqlarni qo‘lga kiritib kelayotgan Lionel Messi izidan bormoqchi.

Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi Amerika kubogida g‘olib chiqdi. Bu Leoning professional faoliyatidagi 45-sovrin bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!