Spaletti Riberining ustoziga aylanishi mumkin

  • 12 noyabr, 2019, 12:40
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Fiorentina" klubi A Seriyaning so‘nggi 5 ta turida bor-yo‘g‘i bitta g‘alabani qo‘lga kiritdi va 12-turdan keyin, turnir jadvalining 9-pog‘onasini egallab turibdi.

Xabarga ko‘ra, "Fiorentina" rahbariyati Luchano Spaletti bilan muzokaralar olib borishga ham ulgurgan.

60 yoshli mutaxassis o‘tgan mavsum yakunidan buyon ishsiz qolgan. Ammo shunday bo‘lsada, uning "Inter" bilan 2021 yilgacha amal qiluvchi shartnomasi bor. Shuning uchun, "siyohranglilar"ga Milan klubiga kompensatsiya to‘lovini amalga oshirish zarur bo‘ladi.

Yana bir muammo bo‘lishi mumkin bo‘lsa narsa shuki, Spaletti maosh borasida yuqori shart qo‘yishi mumkin. Biroq, natijalari yaxshi ko‘rinish bermayotgan Florentsiya klubi "Inter" bilan ham, Spaletti bilan ham kelishuvga erishishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Stefan Piolini bosh murabbiy etib saylagan "Milan" klubi ham Spaletti xizmatlariga qiziqish bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!