"Spetsiya" ustozi keyingi o‘yinda kimlarni hujumda o‘ynatadi? Uning o‘zi javob berdi

  • 3 aprel, 2023, 07:00
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 28-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Salernitana" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Dastlab, Kaldara 43-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada legionerimiz Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi. 

Bellashuvdan so‘ng spetsiyaliklar ustozi Leonardo Semplichi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va keyingi uchrashuv uchun hujumkor futbolchilarni tanlash oson bo‘lmasligi haqida to‘xtalib o‘tdi: 

- Keyingi o‘yinda kimni hujumda o‘ynatamiz? Bir qarorga kelish oson bo‘lmaydi. Biroq bundan faqat xursandman. Mazkur holat hammasi yaxshi ishlayotganini anglatadi. Bugun Agudelo va Maldini juda aktiv harakat qildi. Shuningdek, Gyasi, Verde va Shomurodov ham yangi bosqichda. Biz yaxshi qurollanganmiz. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Зокир
03/04/2023 13:16
АДМИНЛАР СПЕЦИЯ МУХЛИСЛАРИ ФИЕРЛАРИНИ ТАШЕЛАР