Sport sog‘lik garovi!

CHERY AUTO

Andiijon viloyati Buloqboshi tumandagi sport maktabida “Diniy ekstremizm, giyoxvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish” shiori ostida K-1 bo‘yicha 2009 yildan 2018 yil oraligida tug‘ilgan 12 ta yosh toifasidagi yoshlar  o‘rtasida “Tuman Prokurori kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. 

Tecno

Musobaqa bayramona ruhda, qizg‘in kurashlar ostida o‘tdi. Har bir yosh toifasi  bo‘yicha musobaqa g‘oliblari, faol ishtirokchilar, musobaqa tashkilotchilari, tuman prokuraturasi va homiylar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Musobaqa mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazilganligi barchaga o‘zgacha kayfiyat. ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Bu haqda Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!