Srechko Katanetsga Qirg‘izostonga qarshi o‘yinda oson bo‘lmaydi?!

  • 25 mart, 2022, 09:10
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi "Navruz Cup"dagi yurishini boshlaydi. Birinchi bahsda "oq bo‘rilar"ga qarshi maydonga qo‘shnilarimiz Qirg‘iz Respublikasi termasi chiqib keladi. Xo‘sh, bugungi raqibimiz haqida nimalarni bilamiz? Uning o‘yin uslubi, murabbiyning "fishka"lari qanday? Taktik sxemasi-chi? Shu va shunga o‘xshash boshqa savollarga SPORTS.uz batafsil javob beradi.

Tecno

8 yillik mehnat mevasi

Raqib qanday kuchga ega? O‘rinli savol! Bugungi raqibimiz allaqachon yig‘iq, vaziyatga qarab o‘yin tempini o‘zgartirishga qodir rang-barang futbol ko‘rsatuvchi jamoaga aylanib bo‘ldi. Aleksandr Krestenin deyarli 8 yildan beri ustozlik qilayotgan terma yaxshigina o‘sishga erishdi. Ayniqsa, 2019 yildagi Osiyo chempionati alohida voqea sifatida e’tirof etilishi mumkin. Shunga qaramay, bugungi jamoa BAAdagi musobaqada ishtirok etganidan keskin farq qiladi. U ancha yoshargan va asosiy kuch mahalliy futbolchilardan iborat. Bu yigitlarning deyarli barchasi Krestenin qo‘l ostida "katta bo‘lgani" bois, kuchli jamoaviy o‘yin namoyish etadi.

Kresf

Eng muhim omil sifatida rossiyalik mutaxassisni raqibga qarab taktika tanlashini alohida e’tirof etish darkor. Qahramonimiz favoritlar bilan to‘qnashuvda 5 himoyachi bilan maydonga tushsa, kuchlar teng kelishiga ishongan bahslarida 3 ta himoyachiga suyanib, ochiq futbol taklif etishi mumkin. Shuningdek, universal 4-2-3-1 sxemasini ham raqib futbolchilari yaxshi o‘zlashtirgan. Bu raqibda ertangi o‘yin uchun "A", "B" va hatto, "C" rejalari ham mavjud degani.

oewkgoewkgoweg

Jamoaning so‘nggi o‘yinlarini tomosha qilar ekansiz, Qirg‘iz futboli o‘sganini his qilasiz. Ertangi o‘yinda Srechko Katanetsdan farqli o‘laroq, Aleksander Krestenin o‘zi yaxshi biladigan va imkoniyatlariga to‘g‘ri baho bera oladigan futbolchilardan foydalanadi. Murabbiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvda kimni qo‘li baland kelishini bir necha soatlardan so‘ng bilib olamiz.

O‘yin uslubi qanday?

Biznikiga o‘xshash, ammo sezilarli farq mavjud. Qirg‘iz Respublikasi termasi asosiy e’tiborni qanotlarga qaratadi. Jamoa juda tartibli emas, ammo bu kamchilikni kuchli ishtiyoq bilan berkitishga urinadi. Tezkor futbolchilar ko‘p, ammo ular yuqori bosimga dosh bermaydi. Shu bois, raqiblarimiz to‘p nazoratini ko‘proq o‘zida ushlab, o‘yin tempini bir me’yorda ushlashga urinadi. Standart vaziyatlar kuchli raqiblarga qarshi bahslarda Krestenin shogirdlarining asosiy quroliga aylanadi. O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ham qo‘shnilarimiz minimal imkoniyatdan maksimal foyda chiqarishga urinib ko‘rishi aniq. Jamoaning plyuslari haqida fikr bildirar ekanmiz, minuslarini ham e’tirof etishimiz shart. Krestenin tuzgan jamoa qanchalar yig‘iq bo‘lmasin, mudofaa markazi ancha zaif. Ayniqsa, pozitsion himoya chog‘ida bu muammo yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, tayanch zonasidagi ijrochilarning saviyasi haqida iliq fikrlarni bildirishning imkoni yo‘q.

8888888888888888

Bahrayn termasi bilan o‘yinda bu yaqqol ko‘zga tashlandi. himoya vakillari murabbiyning talabiga to‘liq javob bermagani bois, qirg‘izlar himoyaviy taktikda o‘ynay olmaydi. Ayniqsa, kuchli raqiblar bilan o‘z jarima maydonchasiga avtobus qo‘yish imkoniyati ularda mavjud emas. Bu omil Namangandagi to‘qnashuvda ochiq futbolni hush ko‘ruvchi termamizga qo‘l kelishi mumkin.

Srechko Katanetsga nima qo‘l kelishi mumkin?

Bu sloveniyalik mutaxassisning O‘zbekistondagi ilk uchrashuvi! Boz ustiga, super atmosfera taqdim etishga qodir namanganlik ishqibozlar ko‘z o‘ngida! Bu katta bosim, ammo futbolchilarimiz uchun emas. Ular murabbiydan farqli o‘laroq, ishqibozlar bilan to‘lib-toshgan arenada to‘p surishdan zavq oladi. Janob Katanets esa, bu musobaqada g‘alaba qozonish shart ekanligini tushunib turibdi. U ishlagan avvalgi joylardan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda birinchi planga doim natija ko‘tarilgan. Agar Srechko turnirda o‘zi uchun kerakli nuqtalarni ko‘rib olmoqchi bo‘lganida, asosan mahalliy futbolchilarga suyangan holda, yangi nomlarga imkoniyat bergan bo‘lardi. Termamiz jangovar tarkibda keldimi, demak biling-ki, Mister Katanets oldiga Namanganda shoxsupaning birinchi o‘rniga ko‘tarilish vazifasi qo‘yilgan.

ЬFyrffyщovshfyovf

Futbolchilarning darajasi haqida so‘z borar ekan, yaqqol ustunlik bizning tomonimizda ekanligi ma’lum, ammo maydonda bu ikkinchi planga tushib ketadi. Sahnaga terma jamoamiz bilan kamdan kam hollarda yonma-yon ishlatiladigan so‘z - ruhiy ustunlikni taqdim etamiz. O‘zaro o‘yinlardagi 8 bahsda 8 g‘alaba. To‘plar nisbati 33:3(!). Bu statistika doimo raqibni qanday kuchga ega ekanligi haqida o‘ylab charchagan futbolchilarimizga maydonda erkin to‘p tepish imkoniyatini beradi. Agar bugun Eldor gol ursa, Masharipovdan ajoyib driblinglar ko‘rsangiz, himoyachilarimiz bexato o‘yin o‘tkazsa, hayron bo‘lib yurmang.

Katta ehtimol bilan bu bahsda Katanets o‘zining ehtiyotkor 4-5-1 sxemasiga murojaat etsa kerak. Bu tablodagi hisobdan kelib chiqib o‘zgarishlarni tezda amalga oshirish imkonini yaratadi. To‘p nazorati to‘liq bizning futbolchilarimiz tomonidan bo‘lishi dargumon. Sababi, Katanets targ‘ib etayotgan futbolda raqib hujum qilishi va tezkor futbolchilarimiz harakat qilishi uchun bo‘sh zonalar paydo bo‘lishi kerak. Bu borada Qirg‘iz Respublikasi sloveniyalik mutaxassisni "uyaltirib" qo‘ymasligi aniq. Yuqorida aytib o‘tganimdek, Krestenin jamoasi chuqur himoyaga tayanib futbol o‘ynay olmaydi.

Jamoalarning taxminiy tarkibi:

O‘zbekiston: Yusupov, Alijonov, Abdullaev, Ashurmatov, Sayfiev, Hamrobekov, Shukurov, Sidiqov, Hamdamov, Masharipov, Shomurodov.

Qirg‘iziston: Tokotaev,Kichin, Akmatov, Misheko, Kozubaev,Israilov, Jirgalibek, Musabekov, Alikulov,Shukurov, Murzaev

Cizningizcha bahs qanday hisobda yakunlanadi? Fikringizni izohlarda qoldiring!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!