
Srna “Barselona” bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
Donetskning “Shaxtyor” jamoasi sardori Dario Srna shu kunlarda “Barselona” rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda mashxur ingliz jurnalisti Dankan Kaslz o‘zining “tvitter”dagi sahifasida e’lon qildi.
Avvalroq “Barselona” rahbariyati Aleyks Vidalnin o‘rniga aynan Srna nomzodini ilgari surishayotgan edi.
Aytish kerakki, “Shaxtyor” klubi prezidenti bundan avvalroq agar xorvatiyalik futbolchining o‘zi “Barselona”ga ketishni istasa, unga hech qanday to‘siq yo‘q ekanligi haqida ta’kidlab o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Srna 2003 yildan buyon “konchilar” sharafini himoya qilib kelmoqdi.
Fikrlar