Suares: "Barselona"ga kelib o‘zgardim"
"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares "Liverpul" va "Barselona"dagi faoliyatini esladi.
"Liverpul" ning 2013-14 yillardagi o‘yinida men katta vazifani bajarar edim. "Barselona"dagi Suares esa butunlay boshqa futbolchiga aylandi. Kataloniyaga ko‘chib o‘tganimdan so‘ng, o‘yindagi ro‘lim o‘zgardi. "Ko‘k-anorranglilar"da mayda paslar bilan o‘ynashni o‘rgandim. Bo‘shliqlar topishga harakat qila boshladim. "Liverpul"da bir o‘zim 30-40 metrga to‘p bilan yurib bora olardim. Ispaniyaga kelish esa meni o‘zgartirdi. To‘p uzatishga ko‘proq e’tibor qaratadigan bo‘ldim va buni o‘z evolyutsiyam deb hisoblayman", - dedi urugvaylik hujumchi.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli forvard joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar