
Sulsher MYu sardoriga yuqori baho bermoqda
"Manchester Yunayted" ustozi Ule-Gunnar Sulsher jamoa sardori Xarri Maguayrning "Norvich"ga qarshi o‘yiniga yuqori baho berdi.
Angliya Kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda angliyalik himoyachi overtaym so‘ngida yarim final yo‘llanmasini naqd qilgan g‘alaba to‘pini kiritdi.
"Xarri MYuga kelganidan buyon ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Uning etakchilik qobiliyati yaqqol namoyon bo‘lmoqda va u hujumlarimiz rivojlanishiga ko‘mak bermoqda.
Menimcha, Xarri "Norvich"ga qarshi o‘yinda barcha yakkakurashlarni o‘z foydasiga hal qila oldi, shunday ekan uning o‘yinidan xursandman", - deydi Sulsher.
Fikrlar