Super to‘qnashuv! Saul Alvares va Dmitriy Bivol jangi bo‘yicha kelishuvga erishildi

  • 26 fevral, 2022, 00:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Prof boksning super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) WBC, WBA , WBO, IBG va The Ring kamari egasi, boks yulduzi Saul Alvares o‘zining navbatdagi jangini bitta yuqori hisobsangan yarim og‘ir vazn (79,3 kg)toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivolga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 7 may kuni DAZN platformasida pullik translatsiya tarifida namoyish etiladi.  

Tecno

ESPN nashri xabar berishicha, tomonlar bahsni tashkil etish borasida kelishuvga erishgan. Undan tashqari, Matchroom kompaniyasi tomonidan Saul Alvaresga taklif etilgan 2 talik jang paketidan 17 sentyabr kuni Gennadiy Golovkin bilan trilogiya bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unga qadar esa Saul Bivolni, Golovkin aprel oyida WBA chempioni Ryota Muratani mag‘lub etishlari talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!