Superdarvozabon ham Saudiyaga ketadigan bo‘ldi

  • 28 yanvar, 2024, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” darvozasini uzoq yillar davomida ishonchli qo‘riqlab kelgan David de Xea o‘tgan yoz shartnomasi tugab, erkin agentga aylangandi.

Tajribali darvozabon o‘ziga yangi jamoa topolmagani ko‘pchilikni hayratga soldi. David yarim yildan beri ishsiz yuribdi.  

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, David de Xea Saudiya Arabistonining “Ash-Shabab” klubi bilan kelishuvga erishdi.

Aslida 33 yoshli golkiperda Evropada qolish uchun takliflar bor edi. Manchesterda 12 yil o‘ynagan David Angliya Premer-ligasining eng katta maosh oladigan darvozaboni bo‘lgan. Haftasiga 375 ming funt olib ko‘nikkan de Xea o‘ziga taklif bilan chiqqan klublar bilan aynan maosh borasida kelisha olmadi.

Saudiyaliklar esa, Evropada porlagan yulduzlarni olib kelish uchun katta maosh bermoqda. Xususan, David de Xea ham bundan mustasno emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Тажибоев Мирзаакбар
28/01/2024 15:01
Ўзбекистон-Таиланд 30-январь 16-30 да бўлади
Эргашев Файзулло
28/01/2024 13:25
Бугун Узбекистан нечида уйини