Superklub: Beshtang ketasan!
Nufuzli manbalardan biri Football Transfers nashri xabariga koʻra, “Chelsi” klubini yozgi transfer oynasida bir nechta futbolchi tark etishi kutilmoqda.
Jumladan, markaziy himoyachi Aksel Disasi hozirda “Vest Xem”da ijara asosida oʻynamoqda va doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. Agar jamoa Premier-ligada qolsa, “bolgʻaurarlar” bu oʻyinchini toʻliq sotib olishi mumkin. Aks holda “Chelsi” futbolchi uchun yangi klub izlashga majbur boʻladi.
Ijaraга yuborilgan hujumchi Nikolas Jekson “Bavariya”da qolishni istamoqda, biroq uning harakatlari va natijalari myunxenliklarni qoniqtirgani yoʻq. Senegalik forvardning oʻzi ham “Chkelsi”ga qaytishga tayyorgarlik koʻra boshladi.
Alehandro Garnachoni 40 million funt sterlingga sotish varianti koʻrib chiqilmoqda. Sobiq bosh murabbiy Liam Rosenyor argentinalik futbolchi kelajagi boʻyicha biror aniq fikr bildirmagan edi.
Shu bilan birga, hujumchi Liam Delap ham klubni tark etishi mumkin. U joriy mavsumda Premier-ligada faqat bitta gol urdi va bu koʻrsatkich bilan ssuperklubda qolish juda qiyin.
Markaziy himoyachi Benoa Badiashile esa asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotgan va uning transferi ehtimoli yuqori baholanmoqda. U 2026 yil yanvaridan beri Premier-ligada maydonga biror marta ham tushmagan.
Fikrlar