
Superklub Evropada sovrin yutgan murabbiyni haydab yubordi
“Tottenxem” Angliya Premer-ligasida muvaffaqiyatsiz ishtirok etganiga qaramay, xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatdi. Londonliklar Evropa ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritib, kelasi mavsum Chempionlar ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Shunday bo‘dlsa-da, klub rahbariyati sovrin olgan bosh murabbiy Ange Postekogluni lavozimidan ozod etishga qaror qildi.
Bu haqda “Tottenxem” klubi rasmiy sayti xabar berdi.
- Natijalarning chuqur tahlili va klub rahbariyati tomonidan puxta o‘ylab chiqilganidan keyin Angelos Postekogluni lavozimidan ozod etishga qaror qilindi.
Biz Angelosdan ikki yil davomida klub rivojiga qo‘shgan hissasi uchun bag‘oyat minnatdormiz. Biz uni xuddi Bill Nikolson va Kit Berkinshou qatorida klub tarixida Evropa doirasidagi turnirda sovrin yutgan uchinchi murabbiy sifatida abadiy xotiramizda saqlaymiz.
Shunga qaramay, boshqaruv apparati klub manfaati uchun o‘zgarishlar qilish lozim, degan yakdil fikrga keldi.
Biz qo‘l urilayotgan o‘zgarishlar navbatdagi mavsum va yaqin kelajakda bizga ko‘proq imkoniyat berishiga umid qilamiz. Bu qarorga kelish oson bo‘lmadi, xulosa chiqarishga shoshilmadik va hammasini chuqur o‘ylagan holda amalga oshirildi.
Hozirgi yosh va iste’dodli jamoaga egamiz va Angelos juda zo‘r poydevor yaratib berdi. Biz unga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. Unga kelgusi ishlarida omad tilaymiz va u uchun har doim eshigimiz ochiq.
Yangi bosh murabbiy tayinlanishi o‘rnatilgan tadbirda hal etiladi va e’lon qilinadi, - deyiladi klub bayonotida.
Fikrlar