Superklub ikki hujumchi oʻrtasida tanlov qilmoqda

  • 31.08.2026 13:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning mashhur «Yuventus» klubi «Nyukasl» hujumchisi Nik Voltemadeni ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqida futbol olamida ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham Italiyaga ko‘chib o‘tish g‘oyasiga ijobiy qaraydi. Shu bilan birga, «Yuventus» rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yana bir nomzod – «Manchester Yunayted» forvardi Joshuа Zirkzee variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Yangi mavsumda Nik Voltemade ikki o‘yinda maydonga tushib, bir golli uzatma muallifiga aylandi. Joshuа Zirkzee esa hozircha jamoasi safida maydonga tushishga ulgurmadi.

A Seriyada ikki tur ortda qolgan bir paytda «Yuventus» musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Turin klubi shu vaqtgacha olti ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!