Superklub rekord transferga qo‘l urmoqda

  • 27.06.2024 22:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” rahbariyati jamoani kuchaytira oladishan futbolchini olish uchun klubning transfer rekordini yangilashga tayyor.

“Aristokratlar” yozda o‘z safiga “Nyukasl” hujumchisi Aleksandr Isaakni qo‘shib olmoqchi. Buning uchun ular avvalgi rekord – 115 million funtdan ko‘proq mablag‘ sarf qilishiga to‘g‘ri keladi.

London klubi bu summaga o‘z vaqtida Moyzes Kaysedoni transfer qilgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar transfer bo‘yicha muzokarani boshlagan va “Chelsi” mutasaddilari 24 yoshli shved o‘yinchisini klubga qo‘shib olishga tayyorligini tasdiqlagan.

Aleksandr Isaak o‘tgan mavsum “Nyukasl” safida 40 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 25 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!