Superklub “Roma” hujumchisi uchun o‘z futbolchisidan voz kechdi

  • 24.01.2023 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” rahbariyati “Roma”dan ketish payida yurgan Nikolo Dzanoloni transfer qilish imkoniyatini topdi.

Tecno

Milanliklar sport direktori Paolo Maldini o‘zi anchadan beri kuzatib yurgan o‘yinchining transferini rasmiylashtirishga tayyorligini bildirdi.

“Milan” klubi 23 yoshli futbolchi uchun 25 million evro xarajat qilishni mo‘ljallayapti. Ungacha Paolo Maldini Temue Bakayokoni Turkiyaning “Adana Demirspor” klubiga sotib yuboradi. Bu savdodan keladigan mablag‘ Dzanoloning transferiga yo‘naltiriladi.

“Roma”dan yangi shartnoma olmaganidan keyin ketishga qaror qilgan Dzanologa Angliya Premer-ligasining bir necha klublari ham og‘iz solmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!