
Superklub transfer bozorini portlatadi!
Joriy mavsum ham Angliyada chempionlikni qo‘lga kirita olmasligi tobora oydinlashib borayotgan “Arsenal” yozda transfer bozorida katta xaridlarni amalga oshirishga qaror qildi.
Todofichajes nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, “kanonirlar” tarkibni sezilarli darajada kuchaytirish maqsadida transfer siyosatini katta mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlaydi.
Xususan, klub mutasaddilari uch nafar futbolchini nishonga olgan va bu xaridlar uchun 230 million evro miqdorida mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.
Mikel Arteta jamoasining hujum chizig‘ini tinimsiz gol urayotgan Viktor Dyokeresh (“Sporting”), bir necha klublar talashayotgan Niko Uilyams (“Atletik Bilbao”) bilan kuchaytirmoqchi.
Maydon markazini mustahkamlash uchun esa, London klubi rahbariyati “Real Sosedad” jamoasida bir necha mavsumdan beri barqaror o‘sishga erishayotgan Martin Subimendini tanlagan.
Fikrlar