Superklubda katta yo‘qotish
Angliya Premer-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan “Arsenal” ettinchi turda o‘z maydonida “Vest Xem”ni qabul qilib, Deklan Rays va Bukayo Sakaning bittadan goli evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Kanonirlar”ni musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan bu g‘alabali o‘yin Mikel Artetaga qimmatga tushdi. Uchrashuvning dastlabki bo‘limida “Arsenal” etakchisi va sardori Martin Edegor jarohat oldi.
Tizzasida kuchli og‘ri sezgan pleymeyker 30-daqiqada o‘rnini Martin Subimendiga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.
Edegor joriy mavsumning o‘zida elkasidagi jarohat tufayli bir necha o‘yinni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi. Endi norvegiyalik futbolchi qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng shikastlanish darajasi va davolanish muddati aniq bo‘ldi.



Fikrlar