
Superkompyuter RPLda kim chempion bo‘lishini aytdi. TsSKAda yaxshi imkoniyat bor
“Opta” superkomyuteri Rossiya Premer-ligasi 5-turidan so‘ng qaysi jamoa chempion bo‘lishini tahlil qildi.
Unga ko‘ra, Sank-Peterburgning “Zenit” klubi 49,9% bilan asosiy favorit bo‘ldi. Legionerimiz Abbosbek Fayzullaev to‘p surayotgan Moskvaning TsSKA klubi 13,1% bilan birinchilikka kurashmoqda. Top-3 likni poytaxtning yana bir jamoasi “Lokomativ” 11,9% bilan yakunladi.
Keyingi o‘rinlarda "Krasnodar" (9,2%), "Spartak" (8,9%) va "Dinamo" (5,1%). Boshqa jamoalarning imkoniyati 1% dan kam.
Quyi ligaga tushib ketish uchun asosiy nomzodlar “Nijniy Novgorod” (40,6%) va “Fakel” (10,7%) klublari bo‘lishi tahmin qilindi.
Fikrlar