
Superliga. 22-turning eng chiroyli gollari TOP-10 (Video)
17-19 oktyabr kunlari Superliganing 22-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.
Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Nasaf” Navoiyda qiyin o‘yin o‘tkazdi. Qarshiliklar uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda gol urib, muhim g‘alabaga erishdi.
“Navbahor” Farg‘onaga safar uyushtirdi. Maysasi yangilangan “Istiqlol” arenasidagi ilk bellashuvda “Neftchi” azaliy raqibiga imkoniyatni boy berdi.
“Paxtakor” Toshkentda “Qo‘qon-1912”ni qiyinchiliksiz engdi. Qo‘qonliklarning uzoq masofadan ikki zarbasi golga aylanganini inobatga olmasa, “sherlar” to‘la ustunlikka erishdi. Cheran 4 ta gol urdi.
“So‘g‘diyona” kutilmaganda “Surxon”ga imkoniyatni boy berdi. Termizliklarda Hamidjon Aktamov ish boshlagani ancha avval sezilgandi. Shuning uchun “Surxon” xatto Jizzaxda ham g‘alabaga erishdi.
“Dinamo”ga Samarqandda o‘zbek futbolining 110 yilligi nishonlangani ham yordam bera olmadi. Vadim Abramov jamoasi o‘z uyida mag‘lubiyatga uchradi.
Boshkovich boshchiligidagi “Bunyodkor” Qosimov shogirdlariga engildi. “Lokomotiv” VAR bor, lekin aslida yo‘qdek bo‘lgan bahsda imkoniyatni boy berdi. Natijada Server Jeparov lavozimidan ozod etildi.
Endi esa ushbu turda kiritilgan eng chiroyli gollarni tomosha qiling:
Fikrlar