
Superliga. AGMK "Dinamo"ni tor-mor etdi, "So‘g‘diyona" esa "alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi
Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 63-daqiqada Shohnazar Norbekov penaltidan gol urib, bellashuvda hisobni ochdi. 75-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Xusniddin G‘ofurov muvozanatni tikladi. 90+3-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Bilolxon Toshmirzaev muhim golni urib, qo‘qonliklarga 3 ochko olib berdi.
Shuningdek, o‘z maydonida Samarqandning "Dinamo"sini qabul qilgan AGMK yirik 4:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Fikrlar