Superliga. Bugun "Toshkent derbisi" bo‘ladi. Kimda qanday imkoniyat?

  • 16 avgust, 2022, 15:17
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 16-turiga start beriladi. "Lokomotiv" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs 20:00da boshlanadi.

Tecno

Bugungi "Toshkent derbisi"da muxlislar bir xil ochko to‘plagan jamoalarning o‘zaro bahsi guvohi bo‘lishadi. Negaki "Loko" ham, "Bunyodkor" ham 16 ochkodan to‘plab, turnir jadvalida yonma-yon o‘rinlarda bormoqda.

Bugun "Lokomotiv" o‘z maydonida joriy mavsum hisobidan 8-o‘yinni o‘tkazadi. Bungacha bo‘lib o‘tgan 7ta bahsda "temiryo‘lchilar" 3 bor g‘alaba qozonib, to‘rt marta imkoniyatni boy berishgan. Uydagi uchrashuvlarda to‘plar nisbati 6-7. "Loko" uy o‘yinlarida 9 ochko to‘plagan. Jamoamiz avvalgi uchrashuvda "Qizilqum"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

"Lokomotiv" o‘z maydonida o‘ynagan bahslardi:

AGMK - g‘alaba, 2:1
"Nasaf" - mag‘lubiyat, 0:1
"Surxon" - g‘alaba, 2:0
"Qo‘qon-1912" - mag‘lubiyat, 1:2
"Paxtakor" - mag‘lubiyat, 0:2
"So‘g‘diyona" - mag‘lubiyat, 0:1
"Qizilqum" - g‘alaba, 1:0

Bugungi raqib "Bunyodkor" safarda 7 bor maydonga tushgan bo‘lib, ikkita o‘yinda zafar quchgan hamda 1 marta durang o‘ynab, 4 bor mag‘lub bo‘lgan. To‘plar nisbati 8-11. "Bunyodkor" safar bellashuvlarida 7 ochkoni qo‘lga kiritgan. "Bunyodkor" oxirgi marta safarda o‘yinida Jizzaxda "So‘g‘diyona"ga imkoniyatni berdi. 

"Bunyodkor" safarda o‘ynagan bahslardi:

"Qizilqum" - mag‘lubiyat, 1:3
"Neftchi" - g‘alaba, 3:1
"Navbahor" - mag‘lubiyat, 1:2
AGMK - durang, 0:0
"Surxon" - mag‘lubiyat, 0:1
"Paxtakor" - g‘alaba, 3:2
"So‘g‘diyona" - mag‘lubiyat, 0:2

"Lokomotiv" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!