Superliga. Bugungi oʻyinlardan soʻng turnir jadvalidagi holat bilan tanishing
Superliganing 11-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun tur doirasida uchta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
OKMK o‘z maydonida peshqadam “Neftchi”ni qabul qilib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi. “Qo‘qon-1912” esa “Bunyodkor”ga qarshi bahsda 1:0 hisobida muhim g‘alabaga erishdi.
Farg‘onaliklarning eng yaqin ta’qibchisi “Paxtakor” ham “Surxon” bilan uchrashuvda durang qayd etib, ochkolarni bo‘lishib oldi.
Quyida onlayn turnir jadvalidagi holat bilan tanishing.


Fikrlar