Superliga. "Bunyodkor" – "Neftchi": o‘zaro uchrashuvlarda ustunlik mehmonlarda emas
Bugun O‘zbekiston chempionati doirasida Toshkentda muhim bahs bo‘lib o‘tadi — "Bunyodkor" o‘z maydonida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasini qabul qiladi.
Statistikaga ko‘ra, jamoalar hozirgacha 32 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Ularda "Bunyodkor" 19 ta g‘alabaga erishgan bo‘lsa, "Neftchi" 8 bor zafar quchgan, 5 ta uchrashuv esa durang bilan yakunlangan.
To‘plar nisbati ham mezbonlar foydasiga — 46:26.
Eng yirik g‘alabalar: "Bunyodkor" uchun 5:0, "Neftchi" uchun esa 3:0.
Uchrashuv bugun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 20:15'da start oladi.

Fikrlar