Суперлига. "Бухоро" сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди
Суперлиганинг 18-туридан ўрин олган "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви меҳмонларнинг 2:1 ҳисодбидагии ғалабаси билан тугади.
Дастлаб, Асилбек Қайумов жамоасини олдинга олиб чиққан бўлса, 37-дақиқада Милан Марчич ҳисобни тенглаштирди. Ўйиннинг сўнгги дақиқаларида Шоҳруз Норхонов ғалаба голини уриб кетди.
Шу тариқа, "Бухоро" ўз уйига 3 очко билан қайтадиган бўлди. Клуб турнир жадвалида 12-ўринга чиқиб олди. "Бунёдкор" эса 8-поғонага жойлашган.
Фикрлар
10-avgust kuni "Paxtakor" bilan 14-avgust kuni 1300 km uzoqlikdagi "Aral" bilan jazirama issiqda, sun'iy qoplamali maydonda yana kamiga hamma jamoalar 19:00 va undan keyin maydonga tushayotgan bir vaqtda "Navbahor" 17:30 da boshladi o'yinni. Manimcha Nukus iqlimi haqida hamma ma'lumotga ega bo'lsa kerak! Qolaversa 22-avgustda Qatarda maydonga chiqqan jamoa sal kam bir sutkalik parvoz bilan ortga qaytib 26-avgustda maydonga tushmoqda. Odatda boshqa mamlakatlarda xalqaro maydonda harakat qiladigan jamoalarga mamlakat ichki musobaqalarida biroz tanaffuslar berib imkoniyatlar yaratib berilar edi bizda esa buning aksi. Kamiga 30-avgust sanasida OKMK bilan 3-sentabr kuni Surxon bilan o'yinlar borligini inobatga olsak futbolchilarda tiklanish uchun umuman vaqt yo'q. Bunday tig'iz taqvim issiq havoli kunlarda APL da ham kuzatilmasa kerak. Aytingchi bu oraliqda futbolchilar qaysi vaqtni tiklanish uchun sarflasin. Bu bilan chempionatdagi intrigani o'ldirishga qaratilganmi maqsad? Rahbarlikka futbol o'ynagan, futbolchilarni mashaqqatini biladigan, eng muhimi betaraf ishlay oladigan odamni qo'yish vaqti keldi. Ayni vaqtdagi PFL qaysidir jamoaga simpatiyasi borligi haqida aytolmasmiz (aytolmasmiz dedimmi? Hamma biladiku) lekin "Navbahor" hamda Namangan futboli uchun nafrati borligini aytolaman. Bu fikrni bildirishimga menda yetarli asoslar bor. Shulardan biri o'tgan mavsum 1-liga musobaqalarining chempioni bo'lgan "Navbahor-farm" jamoasini Pro liga musobaqalarida qatnashishiga tish tirnog'i bilan qarshilik qilib reglamentning hech bir bandiga xos bo'lmagan holatda hamma bilan kelisha olishdek oliy janob fazilatga ega bo'lgan Andijon-SGS jamoasini (garchi 1-ligada 6-o'rinni olgan bo'lsa ham.) qo'shib yuborgan edi. Bunday fakt va misollar juda ko'p. Bizga ayon bo'lmaganlari qancha ekan. Agar biz oyoqqa tursak "Navbahor" jamoasi rahbariyatidan ham talab qilamiz PFL jamoaga nisbatan qanday munosabatda ekaniga doir biror faktlar bo'lsa uni ham olib ishga solamiz, borish kerak bo'lgan va bizni tinglaydiganlar dargohiga boramiz. Bizga bunday rahbar kerak emas. PFL faoliyatiga doir bitta pipitsa qilsak manimcha ko'plab jamoalarning muhlislari ham bu borada manfiy munosabatda bo'lishadi.
Xullas #Imomxodjayev_aut