
Superliga. "Metallurg" mavsumning so‘nggi uy uchrashuvini muhim g‘alaba bilan yakunladi
O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 25-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Surxon" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda bekobodliklar 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
O‘yinda kiritilgan yagona golga Shahzod Ubaydullaev mualliflik qildi. Ushbu g‘alaba Andrey Shipilov shogirdlarining 6-o‘rinda qolishlarini ta’minladi.
"Surxon"ning elitada qolish masalasi so‘nggi turda hal qilinadigan bo‘ldi. Ravshan Haydarov shogirdlari kelayotgan turda o‘z uyida "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi.
Fikrlar