
Superliga. "Paxtakor" - "Nasaf": O‘zaro o‘yinlarda ustunlik kim tomonda?
Superliga 24-turi markaziy to‘qnashuvida "Paxtakor" "Nasaf"ga qarshi Toshkentda o‘ynaydi.
Har ikki jamoa o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oxirgi yillarda keskin o‘tmoqda. Bu safargi o‘yin arafasida jamoalar chempionlik uchun kurashni davom ettirishmoqda. "Sherlar" g‘alabaga erishgan taqdirda 16-bor chempionlikni qo‘lga kiritishadi.
Bellashuvlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, chempionatlarda jamoalar jami 53 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Ularning 30tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo‘lsa, 12 bellashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshiliklar esa 11 o‘yinda g‘alaba qozonishgan. Raqib darvozasini 78 bor ishg‘ol qilgan poytaxtliklar darvozasidan 47 gol o‘tkazib yuborgan.
Esatib o‘tamiz, "Paxtakor"va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 3 noyabr, juma kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:15da boshlanadi.
Fikrlar