
Superliga. Qizil kartochka, amalga oshirilmagan penalti yoxud "Paxtakor" yagona gol evaziga "Buxoro"dan ustun keldi
O‘zbekiston Superligasi 10-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Buxoro" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.
Toshkentliklarning yagona goliga Aziz Turg‘unboev mualliflik qildi. Bu gol "Paxtakor" uchun muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Qayd etish lozim, 90+12-daqiqada Abbos Otaxonovning zarbasini Sanjar Quvvatov bartaraf etdi.
Shu tariqa, Shatskix shogirdlari 21 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi. 7 ochkosi bor "Buxoro" 10-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar