Superliga sabab qurbon bo‘layotgan xalqaro maydon

  • 22 oktabr, 00:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nasaf” o‘tgan yili OChL 2 turnirida juda muvaffaqiyatsiz ishtirok etgandi va bu mavsum Elitda ham o‘sha jarayon davom etyapti. “Al-Hilol” va “Al-Ahli”ni o‘ta kuchli dedik, ammo “Shabab Al-Ahli”ga 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat Ro‘ziqul Berdiev jamoasiga chin bahoni berdi.

Darvoqe, bu klubni o‘tgan yili OChL-2 doirasidagi bir bahsda “ajdarlar” taslim etgan (2:1).

Tecno

Aslida, muammo “Nasaf”ning raqiblarga kuchi etmayotganida emas. Qancha legioneri bor, nomdor jamoa bo‘lsa ham, “Nasaf” odatda xalqaro maydonda nisbatan muvaffaqiyatli qatnashar edi. “Paxtakor”ning OChLda uncha omadi chopmas, OKMK 0:9 hisobida mag‘lub bo‘lib yurgan kezlar qarshiliklar “ichimizda chiroq yoqib yurardi”.

Shunchaki, o‘sha “Nasaf” Superligada chempionlik uchun kurashmasdi. Hozir esa ular Superligada ketma-ket chempion bo‘lib, xalqaro maydonda pand beruvchi “sherlar” rolida.

Bizning klublardagi resurs va moliyaviy imkoniyatlar bilan ikkita qutbda teng kurashish qiyin, tushunaman. Ammo har doim xalqaro maydon qurbon qilinishi — muxlis va mutaxassislarni o‘ylantiradi.

Fikrimcha, Superliga chempionligidan ko‘ra, xalqaro maydonda uzoqroqqa borish og‘ir tosh bosadi. Moliyaviy jihatdan ham ikkinchisi ancha foydali. Maqsadlarimiz maydalashib qolgandek.

Yana Elit liga haqidagi   bu fikrga ham  ham qo‘shilmayman. Kim qarshilik qiladi “Nasaf” yoki “Paxtakor”ga sifatliroq legionerlar olib kelishga? O‘zimizning Superligada ham legionerlar limiti bir paytlar 3+1, keyin 4+1, hozir esa 6 ta qilib belgilangan. Hamma ham o‘z turnirida ko‘proq sifatli futbolchilar bo‘lishini xohlaydi. Ya’ni, sun’iy tarzda kuchlarni tenglashtirish siyosatidan ko‘ra, katta nomlar evaziga liga imidjini oshirish osonroq. OFK faqat arablar foydasiga qaror chiqaryapti deyishadi, ammo deylik, Elitda Ronaldu, Firmino, Mahrez, Touni, Nunes, Kulibali, Ernandes, Malkom va hokazo katta nomlar o‘ynagani — bu turnir ommabopligi uchun katta plyus emasmi?

Aslida, biz ham kam byudjet bilan sifatli legionerlarni jalb qilishimiz mumkin. WhyScout, 360Scout kabi platformalar minglab metrikalar orqali futbolchilarni baholab beradi. Shulardan foydalanadimi klublarimiz? Yoki hali ham YouTube’dagi highlights orqali legioner tanlayapmizmi?

O‘zimizdan jabrdiyda yasab olish oson. Muammolarni tahlil qilib, unga tik boqish esa sal qiyinroq. 


                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                               Karim Xudayqulov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!