Superliga. "So‘g‘diyona" - "Dinamo": o‘zaro uchrashuvlarda ustunlik kim tomonda?
Bugun Superliga 1-davrasidan o‘rin olgan so‘ngi 2 o‘yin bo‘lib o‘tadi. Kun doirasida o‘tkazilishi kutilayotgan “So‘g‘diyona” - “Dinamo” bahsi ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lib turibdi. Sababi, ikkala jamoa uchun ham navbatdagi 3 ochko suv va xavodek zarur. Qo‘lga kiritilajak ehtimoliy yutuq katta ehtimol klublarning turnir jadvalidagi o‘rniga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Jizzaxliklarning g‘alabasi “Nasaf” va “OKMK” kabi etakchilarga tenglashib olish imkoniyatini bersa, “Dinamo”ning zafar quchishi ularni havfli zonadan biroz uzoqlashtiradi. Shu bois bellashuv qiziqarli o‘tishiga shubxa yo‘q.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoalar shu paytgacha o‘zaro 42 marotaba kuch sinashgan. Shundan 16 ta o‘yinda “So‘g‘diyona”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana 18 ta bahsda “Dinamo” g‘alaba qozongan. Qolgan 8 o‘yin durang natija bilan tugagan. To‘plar nisbati 46:60 samarqandliklar foydasiga. Shu paytgacha qo‘lga kiritilgan eng yirik g‘alaba Ivan Boshkovich shogirdlarida 3:0 hisobida qayd etilgan. Vadim Abramov ustozligidagi klubda bu ko‘rsatkich 4:0 xisoblanadi.
Murosasiz kechishi kutilayotgan mazkur bellashuvni Sultonmurod Abdurahmonov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Daniel Yatsenko va Amir Galiev yaqindan yordam berib borishadi. Zahira hakami vazifasida Erlan Nurjanov. VAR referisi Firdavs Norsafarov bo‘lsa, AVAR da Alisher Usmonov ishlaydi. Nazoratchi Fayzullox Xasanov. Komissar etib Feruz G‘aniev tayinlangan.
Bahs soat 20:00 da Jizzahdagi “Markaziy” o‘yingohida start oladi va “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.



Fikrlar