
Superliga. "So‘g‘diyona" "Lokomotiv" ustidan g‘alaba qozondi
Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi.
52-daqiqada Oleg Zoteev himoyachilarni mohirona aldab o‘tib, darvozaga zarba berdi va hisobni ochdi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, Ivan Rogach boshi bilan hisobni tenglashtirdi. 71-daqiqada Shohrux Abdurahmonov chap qanotdan ajoyib tarzda kirib borib darvozaga zarba berdi va jizzaxliklarni oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, jizzaxliklar g‘alaba qozondi.
Fikrlar