Superliga taqvimi yana o‘zgardi. So‘nggi tur bahslari boshqa sanaga ko‘chirildi

  • 2 noyabr, 2022, 14:14
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-cola Superliganing 2022 yilgi mavsumi yakuniga yana 3 ta tur qoldi. Ayni vaqtga kelib sovrinli o‘rinlar masalasi, Pro ligaga yo‘l oluvchi ikkinchi jamoa nomi hamda pley-off uchrashuvi ishtirokchisi aniq bo‘lib ulgurmagan. Har tur va har bir bellashuv qiziqarli, kurashlarga boy o‘tayotgani milliy chempionat uchrashuvlariga fayz kiritmoqda, deya olamiz.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Qatar mezbonligidagi jahon chempionatini inobatga olib, Coca-cola Superliga so‘nggi turini bahardayoq 19-noyabrga rejalashtirgandi. Biroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining 16 noyabr kuni Qozog‘istonga qarshi bellashuvda maydonga tushishi masalasi kuz oyida ma’lum bo‘ldi. Natijada biz 26-turni 11 noyabrga qadar surish rejasini ishlab chiqdik. Boisi, milliy terma ustozi Srechko Katanets terma bilan yig‘inni 12 noyabrda boshlashni rejalashtirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1 noyabr kuni Samarqand shahri Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga mezbonlik qiladi. Samarqand ketma-ket ikkinchi bor yirik tadbirni qabul qilayotganidan kelib chiqib, MTRK texnikalari 11 noyabr kuni mazkur shaharga jalb etiladi.

Shu kuni Samarqand shahrida “Dinamo” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bor. Qolaversa, so‘nggi tur bellashuvlari Reglament asosida bir vaqtda start olishi ta’minlanishi kerak. Tabiiyki, mazkur jarayonda hal qiluvchi 7 ta bellashuvni o‘tkazish translyatsiya masalasida muammolar keltirib chiqaradi. Televidenie biror ob’ektga o‘z texnikalarini o‘rnatib, uni qayta demontaj qilishi jarayoni ham bir necha soatlarga cho‘ziladi. Shunga qaramay, MTRK bilan hamkorlikda barchasini tezlashtirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Bu esa Coca-cola Superliga so‘nggi tur uchrashuvlari bir kunga kechiktirilishini talab etadi.

So‘nggi tur bellashuvlari muxlislarga yaxshi futbol uchrashuvlarini taqdim etishiga shubha yo‘q. Bu jarayonda shaffoflikni ta’minlash uchun O‘zPFL bellashuvlarning jonli efirga olib chiqilishidan manfaatdor. Mazkur jihatlar inobatga olinib, 26 tur 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Futbol muxlislari hamda Coca-cola Superliga ishtirokchilaridan mazkur vaziyatni to‘g‘ri tushunishlari so‘raladi.

O‘z navbatida MTRKga vaziyatdan chiqish uchun biz kabi rejalarini o‘zgartirayotgani hamda barcha uchrashuvlarni jonli efirga olib chiqishdagi harakati uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulla Hikmatov
02/11/2022 14:51
Shu komentni skrin qivolinglar! Yakunda "Navbahor" chempion bolgay
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
02/11/2022 14:34
qaytam yahshi bulibti. Kamandala 1 kun bulsa ham nafas roslaydi dam olib oladi. sungi turga esa borini tashlaydi. shu bilan chempionat tugashini hisobka olsak hamma kamanda. joni berib uynaydi. Chempionlik ohirgi turga Olimpik maydoniga bulishi. yoki Namanganga Navbahorni maydoniga bulishi. yoki Bunyotkor Maydoniga. bulishi ham mumkin. ungacha Nasaf chempionlikni rasmiylashtermasa