
Superligaga qaytgan "Dinamo" "Neftchi" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Farg‘onaning "Neftchi" klubi futbolchisi Lutfulla To‘raevning kelajagi ko‘pchilik uchun qiziq. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevnig xabar berishicha, To‘raevning oldida ikki variant bor.
"Lutfulla To‘raev shu kunlarda juda murakkab tanlov qilishga majbur.
Unga "Neftchi" klubi bosh murabbiy yordamchiligini taklif qilingan. Ya’ni, 35 yoshli yarim himoyachi butsalarni mixga ilgan holda murabbiylikka ko‘chib o‘tishi kerak.
Superligaga chiqqan "Dinamo" esa, To‘raevni futbolchi sifatida jamoada ko‘rishni istamoqda. Shaxsan Vadim Abramov tajribali yarim himoyachiga taklif yuborgan.
To‘raev uchun ikki variantdan birini tanlash oson bo‘lmasligi aniq", deyiladi xabarda.
Fikrlar