
Superliganing 25-tur uchrashuvlarini qaysi futbolchi va rasmiylar o‘tkazib yuboradi?
Bugun va ertaga Superliganing 25-turdan o‘rin olgan ikki o‘yin o‘tkaziladi. O‘zPFL bo‘lajak ikkita uchrashuvda diskvalifikatsiya tufayli maydonga tusha olmaydigan futbolchi va rasmiylar ro‘yxatini e’lon qildi.
“Turon”, “Andijon”, “Nasaf” va "Bunyodkor"da ikkitadan yo‘qotishlar bo‘lsa, "Buxoro" bir yo‘la uch vakili xizmatidan foydalana olmaydi. Quyida batafsil ro‘yxat bilan tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, bugun Yaypanda "Turon" va "Andijon" o‘rtasida "vodiy derbisi" bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 18:15 da start oladi. O‘yinni "Dunyo bo‘ylab" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Yana bir o‘yin Buxoroda o‘tkaziladi. Unda "Buxoro" klubi OKMKni mehmon qiladi. Bu bellashuv ham 18:15 da boshlanadi. Bahs "Foreign Languages" telekanalida efirga uzatiladi.
Fikrlar