
Superliganing yana bir jamoasi o‘z murabbiyini lavozimidan ozod etdi
"Sho‘rtan" jamoasi bosh murabbiyi Anvar Berdiev lavozimidan ozod etildi.
Kecha Superliganing 8-tur doirasida “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Dinamo” jamoasini qabul qildi va 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Go‘zorliklar Superliga doirasidagi 8 ta uchrashuvni 1 durang va 7 mag‘lubiyat bilan yakunladi.
"Sho‘rtan" PFK rahbariyati vaziyatni tahlil qilib bosh murabbiy Anvar Berdievni muddatdan oldin shartnomasini bekor qildi.
Anvar Berdiev 2023 yil may oyida “Sho‘rtan” jamoasini qabul qilib, 7 yillik tanaffusdan so‘ng jamoani 2024 yil yakunida Superligaga olib chiqdi .
Fikrlar