
Superliganing yana bir klubi bosh murabbiyi bilan shartnomani bekor qildi
Xabaringiz bor, bir necha kun avval "Navbahor" klubi ham bosh murabbiyi hisoblangan Sergey Lushanni lavozimidan ozod etgan edi. Endi esa G‘uzorning "Sho‘rtan" klubi bosh murabbiy Eldor Moyliev bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Bu haqida UzPFL xabar berdi.
Superliganing 24-turi ham bugundan boshlab start oladi. Jamoa esa 5 oktyabr kuni o‘z uyida "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:00’da start olishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, g‘uzorliklar hozirgi kunda turnir jadvalining eng so‘nggi pog‘onasida bormoqda. Klub 23 ta uchrashuv o‘tkazib, 12 ochko jamg‘argan. Mazkur to‘qnashuvlar davomida 15 ta gol urib, 41 ta to‘pni o‘z darvozasidan olib chiqqan.
Fikrlar