Superto‘purar 300 million evroni rad etdi

  • 7 oktabr, 12:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” tarkibida to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan angliyalik hujumchi Harri Keyn Saudiya Arabistonining badavlat klublari nishonida turibdi.

Tecno

Yaqinda Bild nashri “Al-Hilol” klubi 31 yoshli o‘yinchiga har mavsum uchun 100 million evro maosh ko‘rsatilgan uch yillik shartnoma berishga tayyor ekani haqida ma’lumot chiqargan edi.

Taniqli jurnalist, Kristian Falkning aniqlik kiritishicha, shayxlar Harri Keyn “Bavariya”ga ko‘chib o‘tishidan avval ham mohir to‘purarni Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga undagan ekan.

Manbaning ta’kidlashicha, hozir tajribali o‘yinchini faqat “Bavariya” varianti qiziqtiradi va Keynning boshqa klublar bilan hamkorlik masalasini muhokama qilish imtagi yo‘q.

“Bavariya” etakchisiga aylanib qolgan Harri Keyning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. Bu muddat yana uzaytirilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!