Superto‘purar o‘zini o‘zi sotib oladigan bo‘ldi

  • 3 avgust, 2023, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn faoliyatini sovrinlar uchun kurasha oladigan jamoada davom ettirmoqchi.

Tecno

Angiyalik futbolchiga “Bavariya”dan yaxshi taklif bo‘lyapti. Biroq, “Tottenxem” xo‘jayini Daniel Levi bir yillik shartnomasi qolgan futbolchini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti.

Ayni paytda “Bavariya” hujumchi uchun taklif qilinayotgan badal pulini 100 million evrogacha ko‘tardi. London klubi xo‘jayini yana 20 million evro qo‘shishni talab qilyapti.

“Tottenxem”dan ketishga oshiqayotgan Harri Keyn shartnomasining oxirgi yilini o‘zi sotib olishga va 24 million evro miqdoridagi maoshidan voz kechishga qaror qildi. Hujumchi ikki tomon muzokarasining ijobiy yakunlanishiga to‘sqinlik qilayotgan summani o‘z hisobidan qoplamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!