Superto‘purardan voz kechishdi

  • 18 avgust, 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl”ning hozirgi kundagi eng zo‘r to‘purari Aleksandr Isaakning “Liverpul”ga transferi amalga oshmaydigan bo‘ldi. Bu haqda taniqli insayder Sasha Tavoleri xabar tarqatdi.

Tecno

Angliya chempionlari shvetsiyalik hujumchini olish uchun “Nyukasl”ga bir necha bor rasmiy taklif yubordi. Oxirgi taklifda 138 million evro badal puli ko‘rsatildi. Biroq nyukaslliklar bu summani ham qabul qilmadi. Ular o‘yinchini olib qolish maqsadida 170 million evro talab qilyapti. Hali Angliya futbolida hech bir futbolchi uchun bunaqa katta summa to‘lanmagan.

Aleksandr Isaak “Nyukasl”ning qaroriga norozilik bildirib, mashg‘ulotlarga qatnashmay qo‘ydi, rasmiy uchrashuvlarga ham kelmasligini uqtiryapti.

Bu jarayonda “Liverpul” 25 yoshli forvard transferidan voz kechadigan bo‘ldi. Arne Slot jamoasini Isaakning kelishini uzoq kutmaslikka va e’tiborini boshqa transfer nishonlariga qaratishga qaror qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!