
"Surxon" o‘z tarkibiga yana bir legionerni qo‘shib oldi (foto)
Artyom Sokol “Surxon” futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoa safiga navbatdagi legioner qo‘shildi. Belaruslik Artyom Sokol 1994 yilning 30 martida tug‘ilgan. Ampluasi - markaziy himoyachi.
O‘z faoliyatini Belarusning turli klublarida olib borgan. Bundan tashqari, Sokol UEFA Konferentsiyalar ligasida ishtirok etgan. Futbolchi yaxshi tajribaga ega va Belarusning turli yoshdagi terma jamoalarida ham o‘ynagan.
O‘z vaqtida Artyom hamyurtlarimiz bilan "Energetik-BGU" safida o‘ynagan: Shaxboz Umarov, Shaxzod Ubaydullaev va Bobir Abdixoliqov.
Fikrlar